💊Kuniga 1.5-2 litr toza suv (yurakda muammolar bo‘lmasa) ichishni kanda qilmang. Bu buyrakning o‘z funksiyalarini to‘laqonli bajarishiga madad bo‘ladi. 💦💦💦
💊Fast-fud va yog‘li mahsulotlar qiyin o‘zlashtiriluvchi moddalarga boy. Buyraklar bu moddalarni zararsizlantirish uchun zo‘riqib ishlashiga to‘g‘ri keladi. Isteʼmol uchun eng to‘g‘ri tanlov — yangi sabzavotlar.🍔🍟
💊Oqsilli parhezlarni mutaxassis maslahatisiz amalga oshirmang. Organizmda oqsilning ortib ketishi buyraklar uchun zo‘riqishni keltirib chiqaradi.🍖🍖
💊Hojatga chiqish istagi tug‘ilganda, tanangiz ehtiyojini darhol qondiring. Peshobni tutib turish siydik pufagi va buyraklarga salbiy taʼsir qiladi. 🏃
💊Yilda ikki marotaba buyraklarning filtr tezligini aniqlash (SKF) uchun qon sinamasini topshiring.
💊Aksariyat dori vositalari, shu qatorda virusga qarshi preparatlar ham buyrak faoliyatiga taʼsir ko‘rsatmay qolmaydi. Chunki qonga so‘rilgan har bir dori buyrakda filtrlanadi. Shuning uchun bilib-bilmay dori qabul qilmang.
Manba: SHIFO INFO gazetasi.