[media]-(http://telegra.

Dolchin haqida barcha ma’lumotlar.

author
1 minute, 9 seconds Read
  1. Dolchin – kayfiyat ko‘taruvchi ziravor

Dolchinni ishiriqlarga ishlatilishidan tashqari choy, qahva va suyuq taomlarga taʼm berishda ham foydalanish mumkin. Sovuq kunlarda sutga asal va bir chimdim dolchin qo‘shib ichilsa, badanni isitib, shamollash alomatlariga davo bo‘ladi. Quyida sizni dolchinning shifobaxsh xususiyatlari bilan tanishtiramiz.

1. Miya faoliyatini yaxshilaydi

Xotira, diqqatni jamlash hamda tasvirni eslab qolish qobiliyatini yaxshilaydi. Keksalikdagi Alsgeymer kasalligidan himoyalaydi. Jizzakilik, depressiya va bosh og‘riqlariga davo bo‘ladi.

2. Yog‘larni parchalaydi

Qattiq qovurilgan taom yoki yegulik isteʼmol qilingach, dolchin qo‘shilgan choy ichilsa, ovqat hazm bo‘lishi yaxshilanib, ichaklarda yog‘ to‘planishi yuzaga kelmaydi.

3. Qomatni ixchamlatiradi

Albatta to‘g‘ri ozish uchun ovqatlanishni nazorat qilish hamda sport mashqlarini kanda qilmaslik kerak. Shu bilan birga dolchin qo‘shilgan choy yoki qahva ham asqatadi. Ushbu mahsulot qonda qand miqdorini nazorat qilib, metabolizm jarayonini faollashtiradi. Bu esa ortiqcha vazndan himoyadir.

4. Oshqozonga yordam beradi

Meʼda faoliyati bilan bog‘liq o‘zgarishlarda dolchin qo‘shilgan sabzavotli sho‘rva isteʼmol qilish mumkin. Ayniqsa, bir chimdim dolchin solingan qovoqli taomlarning mazasi og‘zingizda qoladi.

5. Asabni tinchlantiradi

Dolchinda magniy ko‘p bo‘lib, bu modda kayfiyat o‘zgaruvchanligini nazorat qiladi. Qolaversa, dolchindagi birikmalar yaxshi kayfiyat uchun javobgar gormonlarni faollashtiradi.

6. Milklarni mustahkamlaydi

Dolchin antibakterial taʼsirga ham ega bo‘lib, milk yallig‘lanishini bartaraf etadi. hatto, tish emalini turli zararlanishlardan himoyalashi ham mumkin. Bundan tashqari, og‘iz bo‘shlig‘ini tozalab, yoqimsiz hidlardan halos etadi.

@ecotib_uz

Similar Posts

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan