[media]-(http://telegra.

Siydik yo’li kasalliklari.

author
2 minutes, 36 seconds Read

Sigir sutiga teng miqdorda qaynatilgan shirin suv qo‘shib ichilsa, peshobni (siydikni) shiddat bilan keltiradi, peshob yo‘llarini tozalab, uning yurishini ravonlashtiradi.

Kashtan daraxti mevasidan yeyilsa, peshobning (siydikning) tez-tez kelishini, uning achishishi (so‘zak)ni daf qiladi, agar peshob kelmay qolgan bo‘lsa, keltiradi. Eman (dub) daraxti mevasining tuyilganini uning yarmicha miqdordagi zaytun yog‘iga xamir qilib qorib, bir necha kun yeyilsa, peshobning bemavrid kelishi, uyquda joyiga siyib qo‘yish va maniyning (erlik urug‘ining) bevaqt kelishi oldini oladi.
Xalq tabobatida peshob (siydik) haydovchi vosita sifatida sedanali choy tavsiya qilinadi. Buni tayyorlash uchun yarim litrli choynakka 20-25 dona sedana solinadi va ozgina choy qo‘shib olovda dam yediriladi. So‘ngra uni choyga o‘xshatib ichiladi.
Quyon go‘shti, kabutar go‘shti, tipratikan go‘shti tanovul qilish siydik yo‘llarini ochishda yordam beradi.
Agar peshob tutilib qolsa, xanzal (Abu Jahl tarvuzi) urug‘idan bir nechasi yedirib yuborilsa, dard chekinadi.
⚫️Qiynalib siyadigan bemorning peshob yo‘liga “arman sodasi”dan quyilsa, yo‘li ochilib ketadi.
⚫️O‘ringa siyib qo‘yadigan bemor kam ovqat yeb, parhez qilishi kerak.
Uyqusida siyib qo‘yadigan odam shakar, isiriqni yoqqa aralashtirib yesa, bu darddan forig‘ bo‘ladi.
⚫️Omula (Hindistonda o‘sadigan daraxt mevasi) yaxshilab tuyiladi, uning vazni barobarida qora zira aralashtiriladi, asal bilan xamir qorib, shundan yalab yurilsa, uyquda o‘ringa siyib qo‘yish kasalidan qutilasiz.
⚫️Achchiq anor sharbatining siydik haydash xususiyati bor. Loviya ham eng yaxshi peshob haydovchilardan sanaladi.
⚫️Peshob tutilganida sadaqayrag‘ochning “tangacha”lari qaynatib ichilsa, davo bo‘ladi.
⚫️Sedana yeb yurish peshob yurishini ravon qiladi.
⚫️Siyish qiyinlashganda suvda eritilgan “yahud toshi” yaxshi foyda beradi.
⚫️Agar odam uxlaganida siyib qo‘ysa, shakar, isiriqni yog‘ga aralashtirib yeyish kerak. Agar bu hodisa yozda ro‘y bersa, bir diram kashnich, to‘rt diram shakarni mayda qilib yanchib yeb turish kerak (bir diram 2,995 grammga teng).
⚫️Agar peshobingiz tomchilab tursa, chigirtkani pishirib yeng.
⚫️5-10 gramm binafsha gulini 200 gramm suvda qaynatib ichilsa, peshobni haydaydi.

⚫️Chilonjiyda yesangiz, peshob yo‘llarini tozalaydi.

⚫️Tuzlangan tipratikan go‘shtini yegan odam uyqusida siyib qo‘ymaydi.

⚫️Behi suvidan olatning teshigiga tomizsangiz, peshobning kuydirib chiqishini va peshob yo‘lidagi zahmlarni yo‘qotadi.

⚫️Sarimsoqning bargi va tanasini suvda qaynating. So‘ng belgacha o‘sha suvda o‘tirsangiz, siyolmasdan qiynalgan bo‘lsangiz, darddan qutilasiz.

Peshobi tomchilab yuradigan kishi chigirtkani qovurib yesa, bu darddan omonda bo‘ladi.

⚫️Peshob yurishi sustlashsa, chilonjiyda yesangiz, siydik yo‘llarini tozalab, ravonlashtiradi.

⚫️Siya olmasdan qiynalayotgan odam sarimsoq poyasini suvda qaynatib, beligacha shu suvga tushib o‘tirsa, albatta foyda beradi, inshaalloh.
Qovuq shishib, siyish qiyinlashganining davosi ham zuluk vositasida qonni oldirish va safroni ketkazishdir.
Niqris (podagra) kasalligini davolash uchun tabiblar surgi qilishgan va qonni so‘rdirish uchun zuluk solishgan.
Peshob yo‘lidagi toshni ketkazish uchun achchiq bodringga sariqo‘t urug‘i va arpabodiyon aralashtirib qaynatiladi va suvi ichiladi.
Buning uchun yana 40 ml. uzum sharbatini 100 ml. arpa suviga qo‘shib ikki mahal o‘n milligrammdan ichiladi.
Peshob yo‘lidagi va qovuqdagi toshlarni tushirishda mana bu usul ham katta yordam beradi: yong‘oq mag‘zi, novvot yoki shakar, kunjut yog‘ining har qaysisidan 120 grammdan olinadi. Yong‘oq mag‘zini kunjut yog‘ida qovurib, talqon qilib novvot yoki shakar qo‘shib ichiladi. Umoch tayyorlab, har to‘rt soatda bir qoshiqdan yeyiladi.

Similar Posts

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan