[media]-(http://telegra.

Suv – obi hayot. Suvning bizga noma’lum xususiyatlari.

author
1
2 minutes, 23 seconds Read

Suvning hayot, salomatlik, go‘zallik va ozish uchun foydasi

Inson organizmining 2/3 qismi suvdan iborat. Katta yoshli inson kuniga 2 litrdan kam bo‘lmagan miqdorda suv ichishi kerak. Biroq hamma ham bunga amal qilavermaydi. Bu esa hayot, salomatlik, go‘zallik va ozish uchun muhimdir! Bu haqida zdorovejka.ruʼda taqdim etilgan foydali maʼlumotlarni eʼtiboringizga havola qilamiz.

Suv inson organizmining barcha hujayralari uchun ozuqa hisoblanadi. Aynan suv har bir organning katta qismini egallaydi. Masalan, qondagi suv miqdori – 90 foiz bo‘lsa, miya – 85 foiz, mushaklar – 75 foiz, jigar – 65 foiz, suyaklar – 28 foiz, yog‘ to‘qimalari esa 25 foiz suvdan tashkil topgan. Organizmdagi barcha kimyoviy reaksiyalar suv ishtirokida bo‘ladi.

Chanqoq hissi organizmga yordam kerakligidan dalolat beradi. Shu bois inson faqat organizmi talab qilgandagina emas, har doim – suv ichgisi kelsa-kelmasa, uni suv bilan taʼminlab turishi kerak.

Aksariyat odamlar kundalik meʼyorning bor-yo‘g‘i 1/3 qismini isteʼmol qilganliklari uchun ham, ko‘p kasalliklar rivojlanadi.

Suvning inson organizmi uchun foydasi

O‘zimizni yomon his qilsak, odatda buni charchoq yoki stresslar, vitaminlar yetishmovchiligi va boshqa sabablar bilan izohlaymiz. Vaholanki, organizm shu tariqa oddiy suvga ehtiyoj sezayotgan bo‘ladi, zero organizm suvsiz to‘laqonli ishlay olmaydi.

Jigar

Jigar organizmni mikrob va viruslar, ozuqaviy bo‘yoqlar va konservantlar ko‘rsatuvchi salbiy taʼsirdan himoyalaydi. Jigarning vazifasi toksinlarni suvda eruvchan holatga keltirish va ularni organizmdan muvaffaqiyatli chiqarib tashlashdan iborat. Jigar normal suv balansi tufayli chiqindilarni qayta ishlashga kamroq vaqt sarflaydi va bu ishni sifatli amalga oshiradi, demak, turli kasalliklar rivojining oldini oladi.

Buyraklar

Buyraklar organizmdagi barcha suyuqliklarni filtrlaydi. Inson yetarli miqdorda suv ichsa, buyraklar ortiqcha suyuqlikni peshob bilan chiqarib yuboradi, u bilan birga esa barcha zararli moddalar ham organizmdan tashqariga chiqariladi. Agar suv kam ichilsa, u holda buyraklar uni tejashiga va organizmda ushlab turishiga to‘g‘ri keladi. Bunday holatlarda kamroq peshob hosil bo‘ladi, bu esa buyraklar faoliyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi.

Qon

Qonga tushuvchi barcha zararli moddalar limfani “utilizatsiya” qiladi. Limfa o‘lik hujayralar va boshqa chiqindilarni to‘playdi, ularni limfa to‘qimalariga yetkazadi, bu yerda esa ular filtrlanadi, keyin esa qayta ishlash uchun jigar va buyraklarga yo‘llanadi. Normal suv balansi limfaga bunday masʼuliyatli ishning uddasidan chiqishga yordam beradi.

Bo‘g‘inlar

Artrit ko‘pchilikka azob beradi, biroq bu kasallikning ko‘p holatlarda organizmning surunkali suvsizlanishi natijasida kelib chiqishini hamma ham bilmaydi. Organizmga surunkali ravishda suv yetishmasa, bo‘g‘inlar jiddiy zarar ko‘radi va bu artritga olib keladi.

Badantarbiya qilish

Badantarbiya bilan shug‘ullanayotgan paytda yetarlicha suv isteʼmol qilmaslik yaxshi emas. Zero buning natijasida inson tez charchab qoladi, harakatlar koordinatsiyasi buziladi va hatto mushaklar konvulsiyalari yuzaga kelishi mumkin. Nima uchun bunday bo‘ladi? Inson faol harakatlangan vaqtida ko‘proq terlaydi – undagi qon miqdori kamayadi. Agar suyuqlik yetishmovchiligi to‘ldirilmasa, yurak faoliyatida buzilish kuzatiladi. Shu bois organizm suvsizlanishining oldini olish uchun jismoniy mashqlarga kirishishdan avval, shug‘ullanish davomida va undan keyin suv ichish kerak bo‘ladi.

Similar Posts

Comments

  1. avatar
    Доно says:

    Раҳмат жуда керакли ва мазмунли фикрларни ўқидим.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan