[media]-(https://telegra.

To’g’ri ovqatlanishga rioya qiling.

author
1
0 minutes, 39 seconds Read

Oshqozon bilan bog‘liq ko‘pgina muammolar ovqatni suv bilan ichish oqibatida yuzaga keladi. Ichimliklar so‘lak ishlab chiqarilish jarayonini susaytiradi. So‘lak esa ovqat hazmi uchun juda muhim.

Shuningdek, ovqatlanayotganda suv ichish oshqozonda shilliq ishlab chiqarilish jarayonini ham izdan chiqaradi. Bu ham ovqat hazmiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Chunki ovqat yeyayotib suv ichganda luqmani chaynamay turib yutinishga to‘g‘ri keladi. Natijada yetarlicha chaynalmagan ovqat oshqozonga tushadi va hazm qilish tizimining quyi qismlarida ularning qonga so‘rilish jarayoni ham izdan chiqadi.

Shuningdek, yog‘li taomlarni yeyayotganda muzdek ichimlik ichish ham zararli ekanligini alohida taʼkidlab o‘tish joiz. Bu holatda sovuq taʼsirida luqma oshqozonda “qotib qoladi”. Shuning uchun taomlanayotganda issiq-sovuq ichimliklar ichmagan maʼqul. Ularni ovqatlangandan yarim yoki bir soat o‘tgach ichish tavsiya etiladi.

Manba: SHIFO INFO gazetasi

Similar Posts

Comments

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan