“Varikoz qanday asoratlarga olib kelishi mumkin? Uni tabiiy usullar yordamida davolasa bo‘ladimi?”
Komila AHROROVA, Toshkent shahri
— Agar varikozda isitma yoki holsizlik belgilari mavjud bo‘lsa, bu kasallikning asoratlanganidan dalolat beradi. Shuningdek, quyidagi holatlar ham kuzatilishi mumkin: ekzema, teri yaralari, yuzaki jarohatlar, venalardan qon ketishi, tromboflebit, trofik yara va boshqalar.
Kasallikni asosan, zamonaviy davo usullari — lazerli koagulyatsiya (shikastlangan tomirlar lazer nuri yordamida davolanadi), skleroterapiya (faoliyati buzilgan vena ichiga inyeksiya orqali maxsus moddalar yuboriladi, ular tomirlarni butunlay jipslashtirib, yopishtirib qo‘yadi, qon tomir faoliyati to‘xtaydi va qon sog‘lom tomirlar orqali oqa boshlaydi), ozon terapiyasi (ozon kichkina igna bilan qon tomir ichiga yuboriladi va tomirni yopishtirib qo‘yadi), flebektomiya (shikastlangan tomirlar olib tashlanadi) bilan davolash maqsadga muvofiq.
Xalqona malhamlar kasallikning dastlabki bosqichlarida og‘riq va shishni kamaytirish, qon tomir devorlari tonusini oshirish, meʼyoriy qon aylanishini tiklash, asoratlar rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qo‘llaniladi. Varikozda shifobaxsh jismoniy tarbiya va terapevtik trikotajdan foydalanish tavsiya etiladi. Velosiped va suzish ham foydali, biroq yugurish tomirlar holatiga salbiy taʼsir qilishi mumkin.
Manba: SHIFO INFO gazetasi.
Shuningdek,