Oshqozon bilan bog‘liq ko‘pgina muammolar ovqatni suv bilan ichish oqibatida yuzaga keladi. Ichimliklar so‘lak ishlab chiqarilish jarayonini susaytiradi. So‘lak esa ovqat hazmi uchun juda muhim. Shuningdek, ovqatlanayotganda suv ichish oshqozonda shilliq ishlab chiqarilish jarayonini ham izdan chiqaradi. Bu ham ovqat hazmiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Chunki ovqat yeyayotib suv ichganda luqmani chaynamay turib yutinishga to‘g‘ri keladi. […]