[media]-(https://telegra.

Buyrak salomatligini kasalliklardan asrash.

author
1
0 minutes, 41 seconds Read

Buyrak salomatligini asrashda muhim tavsiyalar.

💊Kuniga 1.5-2 litr toza suv (yurakda muammolar bo‘lmasa) ichishni kanda qilmang. Bu buyrakning o‘z funksiyalarini to‘laqonli bajarishiga madad bo‘ladi.

💊Fast-fud va yog‘li mahsulotlar qiyin hazm bo’ladigan moddalarga boy. Buyraklar bu moddalarni zararsizlantirish uchun zo‘riqib ishlashiga to‘g‘ri keladi. Isteʼmol uchun eng to‘g‘ri tanlov — yangi sabzavotlardir.

💊Oqsilli parhezlarni mutaxassis maslahatisiz amalga oshirmang. Organizmda oqsilning ortib ketishi buyraklar uchun zo‘riqishni keltirib chiqaradi.🍖🍖

💊Hojatga chiqish istagi tug‘ilganda, tanangiz ehtiyojini darhol qondiring. Peshobni tutib turish siydik pufagi va buyraklarga salbiy taʼsir qiladi. 🏃

💊Yilda ikki marotaba buyraklarning filtr tezligini aniqlash (SKF) uchun qon sinamasini topshiring.

💊Aksariyat dori vositalari, shu qatorda virusga qarshi preparatlar ham buyrak faoliyatiga taʼsir ko‘rsatmay qolmaydi. Chunki qonga so‘rilgan har bir dori buyrakda filtrlanadi. Shuning uchun bilib-bilmay dori qabul qilmang. 💊💊💊

Similar Posts

Comments

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan