Sarimsoq foydali tomonlari.

Sarimsoq insonning bo‘yi va sochini o‘stiradi Sarimsoq shamollash va tumovning oldini oluvchi vosita sifatida qadim zamonlardan beri qo‘llaniladi. Misrliklar, yunon va yaponlar bir necha ming yilliklar davomida sarimsoqdan dori sifatida foydalanishgan va bu bejizga emas. Sarimsoq tarkibida ko‘p miqdorda oltingugurt sulfati mavjud. U to‘qimalarga qon ivimasligi bilan bog‘liq barcha turdagi kasalliklarga qarshi kurashishda va ovqat […]

Buyrak salomatligini kasalliklardan asrash.

Buyrak salomatligini asrashda muhim tavsiyalar. 💊Kuniga 1.5-2 litr toza suv (yurakda muammolar bo‘lmasa) ichishni kanda qilmang. Bu buyrakning o‘z funksiyalarini to‘laqonli bajarishiga madad bo‘ladi. 💊Fast-fud va yog‘li mahsulotlar qiyin hazm bo’ladigan moddalarga boy. Buyraklar bu moddalarni zararsizlantirish uchun zo‘riqib ishlashiga to‘g‘ri keladi. Isteʼmol uchun eng to‘g‘ri tanlov — yangi sabzavotlardir. 💊Oqsilli parhezlarni mutaxassis maslahatisiz amalga […]

Meva sharbati nimalarga foyda?

🍏🍐🍓🍇🥝🍒🍑🍌 Turli xil mevalar sharbati nimalarga foyda? Tarvuz: Buyraklarni yuvadi, shishlarni yo‘qotadi, tomirlarni mustahkamlaydi, tetiklashtiradi. Qovun: Antidepressant, buyrak va o‘t qopidagi toshlarni tushiradi, gemoglobinni ko‘taradi. Lekin boshqa mahsulotlar bilan aralashtirmaslik kerak. Kivi: Xolesterin miqdorini kamaytiradi, peshob haydaydi, bo‘g‘imlarga madad bo‘ladi. Sitrus mevalar: Immunitetni mustahkamlaydi, kayfiyatni ko‘taradi, asabiy zo‘riqishni kamaytiradi. Olxo‘ri: Qabziyatni yo‘qotadi, toksinlarni haydaydi, yurak-qon tomirlarni […]

Tuya suti haqida, tuya suti foydasi.

Tuya suti meva va ko‘katlar o‘rnini bosa oladi. Ilmiy tadqiqotlar tuya suti meva va ko‘katlar o‘rnini bosa olish xususiyatiga ekanligini aniqladi. Qishloq xo‘jalik ministirligi huzuridagi qishloq xo‘jalik tadqiqotlari markazining yirik qoramol tadqiqotlari bo‘limi rahbari doktor Abdulati Kamel tuya suti tarkibidagi sahro odamlari uchun zaruriy vitamin va minerallar borasida shunday deydi: “Tuya suti tarkibida juda ko‘p […]

Fast-fudning siz bilmagan zarari.

​Bepushtlik va fastfudlar o‘rtasida bog‘liqlik borligi aniqlandi. Fastfud va shu kabi boshqa yog‘li taomlarni sevib isteʼmol qiluvchi ayollar qolgan nozik jins vakillariga nisbatan taxminan ikki baravar ko‘proq bepushtlikka yo‘liqishi maʼlum bo‘ldi. “Human Reproduction” jurnali olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalariga asoslanib, shu haqida xabar berdi. “Bizning avvalgi tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, fastfud tarkibidagi moddalar tuxumdonlar ichiga […]

Kam uxlash zarari.

Kam uyquning yangi xavfi maʼlum qilindi.  Kaliforniya shtati Berkli universitetining olimlari aniqlashicha, uyqu bilan bog‘liq muammolarga ega bo‘lgan kishilar o‘zini yolg‘iz his qilishadi va boshqalar bilan muloqot qilishdan qochishadi. Bu haqda MedicalXpressʼdagi matbuot uchun xabarnomada aytiladi. Tadqiqotda normal tungi uyqu va uyqusizlikdan tekshiruvdan o‘tkazilgan 18 nafar yoshlar ishtirok etdi. Har bir holatda, tekshiriluvchilar keyingi kun […]

Bodring, Pomidor foydalari.

Bodring va Pomidor kelishmaydimi ?  🥒 🍅 Bodring 90 foiz suvdan tashkil topgan, shu bois u o‘zida vitaminlar serobligi bilan “maqtanolmaydi”. Ammo uning foydalari yetarlicha. Bodring yeyish kerak, qachonki, misol uchun vazn tashlamoqchi bo‘lsangiz. Bodringning kaloriyasi past — 100 gr mahsulot 15 kkal saqlaydi. Shu bois parhez tutayotganlar bu qarsillama mahsulotdan o‘zlarini tiyishlariga hojat yo‘q. […]

To’g’ri ovqatlanishga rioya qiling.

Oshqozon bilan bog‘liq ko‘pgina muammolar ovqatni suv bilan ichish oqibatida yuzaga keladi. Ichimliklar so‘lak ishlab chiqarilish jarayonini susaytiradi. So‘lak esa ovqat hazmi uchun juda muhim. Shuningdek, ovqatlanayotganda suv ichish oshqozonda shilliq ishlab chiqarilish jarayonini ham izdan chiqaradi. Bu ham ovqat hazmiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Chunki ovqat yeyayotib suv ichganda luqmani chaynamay turib yutinishga to‘g‘ri keladi. […]

Varikozni tabiiy davolash mumkinmi ?

“Varikoz qanday asoratlarga olib kelishi mumkin? Uni tabiiy usullar yordamida davolasa bo‘ladimi?” Komila AHROROVA, Toshkent shahri — Agar varikozda isitma yoki holsizlik belgilari mavjud bo‘lsa, bu kasallikning asoratlanganidan dalolat beradi. Shuningdek, quyidagi holatlar ham kuzatilishi mumkin: ekzema, teri yaralari, yuzaki jarohatlar, venalardan qon ketishi, tromboflebit, trofik yara va boshqalar. Kasallikni asosan, zamonaviy davo usullari — […]