[media]-(https://telegra.

Kam uxlash zarari.

author
1
0 minutes, 53 seconds Read

Kam uyquning yangi xavfi maʼlum qilindi. 

Kaliforniya shtati Berkli universitetining olimlari aniqlashicha, uyqu bilan bog‘liq muammolarga ega bo‘lgan kishilar o‘zini yolg‘iz his qilishadi va boshqalar bilan muloqot qilishdan qochishadi. Bu haqda MedicalXpressʼdagi matbuot uchun xabarnomada aytiladi.

Tadqiqotda normal tungi uyqu va uyqusizlikdan tekshiruvdan o‘tkazilgan 18 nafar yoshlar ishtirok etdi. Har bir holatda, tekshiriluvchilar keyingi kun video tomosha qildilar, unda yuzi neytral ifodada bo‘lgan kishi kameraga yaqinlashdi. Ko‘ngillilar ruhiy bezovtalikni sezishganida, videoni to‘xtatadigan tugmachani bosishlari kerak edi.

Maʼlum bo‘lishicha, ishtirokchilar uyqusiz kechadan so‘ng tugmani normal uyqu holatidan ko‘ra ko‘proq bosishgan. Bundan tashqari, miyani skanerdan o‘tkazish natijalari shuni ko‘rsatdiki, yomon uxlaganlarning miyasida ehtimoliy tahdidlarga javob berish uchun masʼul bo‘lgan neyron zanjir ishga tushgan. Ijtimoiy munosabatlarni taʼminlovchi miyaning boshqa qismi, aksincha, kamroq faol bo‘lgan.

Tadqiqotning ikkinchi qismida mingdan ortiq kuzatuvchilar ishtirokchilar uyqusizlikdan aziyat chekayotganini bilmagan holda tajriba yozuvini ko‘rishgan. Ularning fikriga ko‘ra, sinovda ishtirok etganlar boshqalar bilan muloqot qilishdan qochuvchi yolg‘iz odamlar bo‘lgan.

Manba: kun.uz

Similar Posts

Comments

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan