Shamollashga qarshi retsept

author
1 minute, 31 seconds Read

Shamollashni yengish, tabiiy va an’anaviy dorisiz usullar.

Kuz qish mavsumida kasalliklar, O’RVI yuqishi va shamollash judayam ko’plab kuzatiladi. Ushbu sahifadan siz shamollashga qarshi tabiiy va an’anaviy uslublardan xabardor bo’lishingiz mumkin.

✅Uchta limonni duxovkaga qo‘yasiz va yumshoq xoliga kelganda sharbatni siqib olasiz. Unga ikki osh qoshiq asal qo‘shib ustidan 250 g qaynoq suv quyiladi.

✅Dori issiq holda xo‘plab ichiladi. Uni iste’mol qilishdan avval sariq choy(zveroboy), qayin bargi yoki qoraqat, lipa gullari kabi shifobaxsh o‘simliklar solingan vanna qabul qilish foydalidir.

✅Barcha muolajalar qilib bo‘lingach issiqo‘rin-ko‘rpa qilib yoting. Kasalliklarning og‘ir –yengilligiga qarab ushbu davolanishning tadbirlarini 3-6 kun davom ettirasiz.

Shamollash va grippga qarshi kurashishga yordam beruvchi oziq-ovqatlar.

➡️Yong‘oqlar — tarkibida oqsillar yuqori bo‘lgan ozuqa hisoblanadi. Shuningdek yong‘oqlarda immun tizimini sog‘lom tutib turishga yordam beruvchi minerallar — selen va rux ham mavjud.

➡️O‘rtacha kattalikdagi tuxum tarkibida 6,8 g oqsil bor. Oqsil mushaklar va tanani yaxshi tutib turish uchun zarur quruvchi material hisoblanadi. Tuxumda oqsillardan tashqari ko‘p miqdorda vitaminlar va minerallar mavjud.

Koreyada shamollashga qarshi qanday kurashiladi?

✔️Koreyada shamollash mavsumi yaqinlashayotganini sezgan bu xalq quvvatni oshirishni rag‘batlantiruvchi zanjabilli choy ichishadi. 4 donadan qora murch va kardamon, 3 ta qalampirmo‘nchoq, ta’bga ko‘ra zanjabil va dolchin tuyuladi va sirlangan idishga 280 ml miqdordagi iliq suv quyiladi va ziravorlar solinadi.

✔️Qaynash jarayoniga keltirilib, 20 daqiqa past olovda ushlanadi. Oxirida bir chimdim qora choy, ozroq sut va bir choy qoshiq asal qo‘shiladi. Issiqroq holda kichik qultumlardan ichiladi.

Shamollashga qarshi arabcha dori.

☕️Temir idishchaga bir qoshiq shakar va ikki osh qoshiq qahva soling. Unga yupqa qilib bo‘laklangan sarimsoq qo‘shing va qaynatib oling. Siz kuniga bir necha marta ushbu doridan ichishingiz mumkin.

🧄Sarimsoqning hidi haqida tashvishlanmang, hid ichimlikda yo‘qoladi, ammo shifobaxsh xususiyatlari saqlanib qoladi.

🔸Ushbu ichimlikni ayniqsa gripp va shamollash epidemiyalari paytida ichish yaxshidir. Bundan tashqari, zanjabil qo‘shishingiz ham mumkin.

Similar Posts

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan