[media]-(https://telegra.

Meva sharbati nimalarga foyda?

author
1 minute, 8 seconds Read

🍏🍐🍓🍇🥝🍒🍑🍌

Turli xil mevalar sharbati nimalarga foyda?

Tarvuz: Buyraklarni yuvadi, shishlarni yo‘qotadi, tomirlarni mustahkamlaydi, tetiklashtiradi.

Qovun: Antidepressant, buyrak va o‘t qopidagi toshlarni tushiradi, gemoglobinni ko‘taradi. Lekin boshqa mahsulotlar bilan aralashtirmaslik kerak.

Kivi: Xolesterin miqdorini kamaytiradi, peshob haydaydi, bo‘g‘imlarga madad bo‘ladi.

Sitrus mevalar: Immunitetni mustahkamlaydi, kayfiyatni ko‘taradi, asabiy zo‘riqishni kamaytiradi.

Olxo‘ri: Qabziyatni yo‘qotadi, toksinlarni haydaydi, yurak-qon tomirlarni mustahkamlaydi, safro ajralishini yaxshilaydi.

Uzum: Jigarga madad bo‘ladi, o‘pkani tozalaydi, shamollashdan himoyalaydi.

Nok: Immunitetni ko‘taradi, depressiyaga qarshi, yurak-qon tomir tizimiga quvvat bo‘ladi.

Olma: Vitaminlarga to‘la “qopcha”, xolesterinni kamaytiradi, tana vaznini meʼyorlashtiradi.

Shaftoli va o‘rik: Tanadagi ortiqcha suyuqlikni va toksinlarni haydaydi, yurakni baquvvat qiladi.

Olcha va gilos: Kayfiyatni va qondagi gemoglobinni ko‘taradi, ishchanlikni oshiradi.

Rezavor mevalar: Teri holatni yaxshilaydi, tomirlarni qarishdan asraydi, kimyoviy nurlanish taʼsirini kamaytiradi.

Qovoq: Ich kelishini yaxshilaydi, uyquni meʼyorlashtiradi, stressdan qutqaradi, ko‘rish qobiliyatini mustahkamlaydi.

Selderey (ildizi va bargi): Qandli diabetda madad bo‘ladi, immunitetni mustahkamlaydi, antibakterial xususiyatga ega.

Petrushka (ildizi va bargi): Buyrak usti va qalqosimon bez faoliyatini izga soladi, buyrak kasalliklarni davolaydi.

Karam: Safro ajralishini va ich kelishini maromiga keltiradi.

Kartoshka: Gastrit va oshqozon yarasida shifo bo‘ladi.

Sabzi: Ko‘zning nurini oshiradi, o‘simlik moyi bilan birga isteʼmol qilinsa, gijjalarni tushiradi.

Lavlagi: Qonni tozalaydi, tomirlar devorini mustahkamlaydi.

Bulg‘or qalampiri: Antioksidantlik xususiyatiga ega, ortiqcha tuzlarni haydaydi, osteoxondrozni davolaydi.

Similar Posts

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan