Tuya suti meva va ko‘katlar o‘rnini bosa oladi.
Ilmiy tadqiqotlar tuya suti meva va ko‘katlar o‘rnini bosa olish xususiyatiga ekanligini aniqladi. Qishloq xo‘jalik ministirligi huzuridagi qishloq xo‘jalik tadqiqotlari markazining yirik qoramol tadqiqotlari bo‘limi rahbari doktor Abdulati Kamel tuya suti tarkibidagi sahro odamlari uchun zaruriy vitamin va minerallar borasida shunday deydi: “Tuya suti tarkibida juda ko‘p miqdorda vitamin S mavjud bo‘lib, sahroda yashovchilar uchun u yangi uzilgan meva va ko‘katlar o‘rnini bosuvchi benazir neʼmat hisoblanadi. Har yili sut mavsumida uning tarkibidagi vitamin va minerallar konsentratsiyasi o‘sadi, holbuki tuyalarda sut mavsumi to‘liq 12 oy davom etadi, sigir va buyvollarda esa 7 oydan oshmaydi, qo‘ylarda esa atigi 3 oy davom etadi. Tuya sutidagi vitamin va tuzlar miqdori sigir sutidagi xuddi shu elementlar miqdoridan 3 barovar ziyod, odam (ona) sutidagi elementlarga qaraganda esa 50 foiz ko‘proq, ammo ayni shu paytda tuya sutidagi kazein proteinning 70 % ni tashkil etadi, shuning uchun u organizm tomonidan osongina hazm qilinadi va odam tanasiga tezda singib ketadi.
Tuya sutidagi V1 va V2 vitaminlar miqdori ham qo‘y va echki sutidagi vitaminlarga nisbatan ko‘proqdir. Tuya suti buyrak xastaliklari, vos-vos va ko‘krakdagi og‘riqlarni davolash xususiyatiga ega. Tuya suti sahro arablarining asosiy ozuqasi hisoblanadi. Badaviylar uni sutlarning eng yaxshisi deb bilishadi. Ular bu sutni ko‘pincha yangi sog‘ilgan holda ichishni maqul ko‘radilar. Tuyalar suti foydaliligi va tarkibi bo‘yicha bir biridan farq qilishi mumkin. Bu faqrning sabablari esa tuyaning irsiyati, sog‘ish davri, urg‘ochi tuyaning yoshi, ularning yemagi va ichgan suv miqdori bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin”.
Tib va Shifo kanali⬇️
https://t.me/joinchat/AAAAAEKG0iRp48r65TXK1Q