[media]-(https://telegra.

Bodring, Pomidor foydalari.

author
1
1 minute, 48 seconds Read

Bodring va Pomidor kelishmaydimi ? 

🥒 🍅 Bodring 90 foiz suvdan tashkil topgan, shu bois u o‘zida vitaminlar serobligi bilan “maqtanolmaydi”. Ammo uning foydalari yetarlicha.

Bodring yeyish kerak, qachonki, misol uchun vazn tashlamoqchi bo‘lsangiz.

Bodringning kaloriyasi past — 100 gr mahsulot 15 kkal saqlaydi. Shu bois parhez tutayotganlar bu qarsillama mahsulotdan o‘zlarini tiyishlariga hojat yo‘q. U uzoq vaqtgacha to‘q saqlaydi, ishtahani jilovlaydi.

Haftada bir marta bodringli kun belgilang. Kun davomida faqat bodring yeb, qo‘shimcha tarzda qatiq yoki yogurt ichish mumkin. Faqat bunday parhez dam olish kunlariga to‘g‘ri kelsin, chunki u ich surish xususiyatiga ega.

Agar chanqasangiz. Tarkibi deyarli suvdan iborat bo‘lgan bu mahsulot chanqoqni qondirish bo‘yicha faqatgina suvdan orqada qoladi, bo‘lmasa unga yetadigani yo‘q.

…qabziyat qiynaganda. Nahorda ichilgan bir stakan bodring sharbati har qanday ich suruvchi doridan yaxshiroq samara beradi. Ichak mikroflorasini tiklashga yordam beradi.

…shishlar “mehmon bo‘lganda”. Peshob haydash xususiyatiga ega bo‘lganligi bois ko‘z ostidagi xaltachalarni ketkazishga yordam beradi. Yuqori qon bosimi bo‘lganda hamda siydik-tosh kasalligida ham u peshob ajralishini yaxshilaydi, tanada ortiqcha suv yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bodring sharbati organizmning kislotali va ishqoriy muhitini o‘zgartirmaydi, shu bois gastrit, oshqozon-ichak yara kasalliklarida ham bemalol o‘zingizni bodring bilan siylashingiz mumkin.

Bodring va pomidor “kelishmaydi”mi?

Bu gapni o‘qib, “achchiq-chuchuk” salati ixlosmandlari hayron qolishsa ajabmas. Tibbiyot bu ikki mahsulotni aralashtirmaslikni tavsiya etadi. Chunki bodringda askorbatoksidaza fermenti bo‘lib, u pomidor takibidagi S vitamini — askorbin kislotasining foydasini kesadi.

Pomidor-bodringli salat zararli emas, shunchaki bular qo‘shilganda kerakli vitaminlar yo‘qqa chiqadi. Pomidor va bodring isteʼmoli orasida kamida 1.5 soat tanaffus bo‘lishi kerak.

Askorbatoksidaza fermenti termik ishlov paytida parchalanadi, shuning uchun “pomidorxon” va “bodringvoy”ni birga tuzlama qilish, ovqatga qo‘shish mumkin.

“Qalpoqcha”si kerakmi?

Isteʼmoldan oldin bodringning ikki uchini kesib qo‘yamiz, baʼzilar esa buni isrofgarlikka yo‘yadi.

Agar bodringni o‘z tomorqangizda yetishtirgan bo‘lsangiz, ikki boshini kesish shart emas. Ammo qanday yetishtirilgani aniq bo‘lmagan bodring qalpoqchasini olib tashlang, chunki zararli kimyoviy o‘g‘itlar aynan shu qismda to‘planib qoladi. Bodring kimyoviy ishlov berilganiga ishonchingiz komil bo‘lsa, butunlay po‘stlog‘ini olib tashlash maqsadga muvofiq.

©Guli SHAYXOVA, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Manba: @shifoinfo_official

Similar Posts

Comments

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan