Shampun zararlari, sochni yuvish uchun qanday shampun tanlash kerak ?

author
1 minute, 21 seconds Read

Shampunning sochga zarari bormi? Sochni yaxshilab va sog’lom yuvish uchun shampun tanlash kerak?

Shampoo Vector Art, Icons, and Graphics for Free Download

“Soch uchun yaxshi shampun tanlash muhimligi haqida ko‘p eshitganmiz. Ammo barcha turdagi shampunlarda ham kimyoviy elementlar mavjud bo‘ladi. Ular soch uchun zararli emasmi?”

Nargiza ABDUSALOMOVA, Zarafshon shahri.

— Statistika maʼlumotlariga qaraganda, inson yil davomida soch yuvish uchun 2 litrga yaqin shampun ishlatar ekan. Uning tarkibidagi moddalar bosh terisi va sochlarni tozalaydi. Ammo uning zararli tomonlari ham bor. Xo‘sh, shampunning zararsizini tanlash uchun nima qilish kerak?

Deyarli barcha shampunlar taribida faol moddalar mavjud. Ularning asosiy vazifasi bosh terisini tozalash va sochlarga mayinlik va jilokorlik bag‘ishlashdan iborat. Shu bilan birga, bu moddalar sochlarga zarar yetkazishi ham mumkin. Misol uchun, sulfatlar ko‘pgina shampunlar tarkibida mavjud. Bu modda bosh terisiga kuchli taʼsir ko‘rsatadi va hatto soch to‘klishiga ham olib kelishi mumkin. Har safar bosh yuvganda sochlarning holati yomonlasha boshlaydi: to‘kiladi, qazg‘oq hosil bo‘ladi, bosh terisining himoya qatlami zararlanadi. Bunday paytda, yaxshisi, tarkibida sulfat mavjud bo‘lmagan shampunlarni tanlaganingiz maʼqul.

Shampun tanlash borasida tavsiyalar.

• Baʼzan shampunlar o‘tkir hidli bo‘lib, uning hidi keyingi safar soch yuvguningizgacha saqlansa, bilingki, uning tarkibida xavfli kimyoviy modda — ftalat mavjud. Bu xavfli modda astmadan tortib, bepushtlikka ham sabab bo‘lishi mumkin. Yaxshi shampun kuchli iforga ega bo‘lmaydi.

• Eng yaxshisi, tarkibida kimyoviy moddalari kam va organik (tabiiy) komponentlari ko‘p bo‘lgan shampunlarni tanlagan maʼqul.

• Uy sharoitida ham tabiiy shampun tayyorlash mumkin. Buning uchun 1 dona tuxum sarig‘iga 1 choyqoshiq asal va 3-4 tomchi zaytun (oliva) yog‘i tomiziladi. Bu aralashmada soch yuvilsa, ildizi mustahkamladi, jilolanadi va salomtlikka ziyon yetkazmaydi.

©Malika ABIROVA, mutaxassis-kosmetolog

Manba: @shifoinfo_official

Similar Posts

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan